IT xizmatlar jamoasi

Biznesingizni rivojlantiring

kodlab.build("sizning g'oyangiz")

Tanish holat

Mijoz bor edi — lekin u ketdi

Ko'pincha muammo mahsulotda emas. Mijoz sizni topolmaganida yoki javobni kutib ulgurmaganida sotuv yo'qoladi.

  • Kechqurun yozdi, ertalab javob oldi

    O'sha paytgacha u boshqa joydan sotib olgan bo'ladi. Telegram bot esa yarim tunda ham javob beradi.

  • Buyurtmalar daftarda

    Oyda qancha sotilgani — taxminan. Qaysi mahsulot yurgani, qaysi mijoz qaytgani umuman noma'lum.

  • Instagramda savol ko'p, sotuv noma'lum

    Kim yozgani, kim sotib olgani, qancha pul kelgani hech qayerda qayd etilmaydi.

  • Hisobot uchun yarim kun ketadi

    Excel'ga qo'lda ko'chirish, formulalarni tuzatish, xatoni qidirish. Har oy qaytadan.

Qanday ishlaymiz

To'rt qadam, hech qanday noaniqlik

Har bosqichda nima bo'layotganini bilib turasiz. Kutilmagan hisob-kitob yo'q.

  1. 01

    Suhbat

    20 daqiqa gaplashamiz: biznesingiz qanday ishlaydi, qayerda vaqt yo'qolyapti. Bepul, majburiyatsiz.

  2. 02

    Taklif va narx

    Nima qilinishi, qancha vaqt va qancha turishini yozma ko'rinishda beramiz. Narx keyin o'zgarmaydi.

  3. 03

    Ishlab chiqish

    Har hafta nima qilinganini ko'rsatamiz. Fikringizni yo'l-yo'lakay aytasiz, oxirida emas.

  4. 04

    Ishga tushirish

    Topshiramiz, xodimlaringizni o'rgatamiz va keyin ham yoningizda bo'lamiz.

Kimlar uchun

Biznesingizni tanidingizmi?

  • Restoran va kafe

    Telegram bot orqali buyurtma, stol band qilish, yetkazib berish.

  • Do'kon

    Internet-do'kon, qoldiq hisobi, doimiy mijozlarga chegirma.

  • Kompaniya

    Sayt, CRM, hisobotlarni avtomatlashtirish, ichki tizimlar.

  • Xizmat markazi

    Onlayn yozilish, mijozlar bazasi, eslatma xabarlari.

Ishlarimiz

Keyslar

Hozir ishlab turgan loyihalar — ochib, o'zingiz ko'rishingiz mumkin.

  • Nookline — Kafe va restoranlar uchun tizim

    Kafe va restoranlar uchun tizim

    Nookline — yangi oynada ochiladi

    QR menyu, ovozli kassa, oshxona ekrani, Telegram hisobot, sodiqlik kartasi va ko'p filial — bitta tizimda. Internet uzilsa ham kassa ishlayveradi.

    • Avtomatlashtirish
    • CRM tizim
  • Let'sTrip — Sayohat platformasi

    Sayohat platformasi

    Let'sTrip — yangi oynada ochiladi

    Turlar, aviachiptalar, mehmonxonalar, eSIM, tadbirlar, transfer va do'kon — sayohat uchun kerak bo'lgan hamma narsa bitta saytda.

    • Veb-sayt
    • Internet-do'kon
  • Keyingi loyiha — sizniki

    20 daqiqalik bepul suhbatda biznesingizga aynan nima kerakligini birga aniqlaymiz.

    Bepul konsultatsiya

Instagram

Ishlarimiz haqida qisqa videolar

Har haftada yangi: qanday ishlayotganimiz, mijozlar natijasi va foydali maslahatlar.

Instagramda ko'rish →

Mijozlar fikri

Nima deyishadi

  • 10 ta dorixonamizning kassa hisobotlari endi bitta tizimda. QR orqali tushgan har bir to'lov haqidagi xabar o'sha kassaning kassiriga alohida boradi — har bir kassir o'z to'lovlarini darhol ko'radi.
    Dorixonalar tarmog'i 10 ta dorixona
  • Saytimiz kelishilgan muddatda tayyor bo'ldi. Endi mijozlar bizni internetdan topib, o'zlari qo'ng'iroq qilishyapti.
    Parfyumeriya sotuvchisi Chakana savdo
  • CRM tizimi tufayli sotuv bo'limining ishini bitta joydan kuzataman. Hisobotlar uchun Excel kerak bo'lmay qoldi.
    Kompaniya direktori Ulgurji savdo

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Javob topa olmadingizmi?

Telegramda yozing — savolingizga shaxsan javob beramiz.

Telegramda so'rash
Qancha turadi?

Narx ish hajmiga bog'liq. Oddiy Telegram bot ham, murakkab CRM ham bir xil turmaydi. Shuning uchun avval bepul suhbatlashamiz, keyin aniq raqamni yozma ko'rinishda beramiz. Suhbatdan keyin narx o'zgarmaydi.

Qancha vaqt oladi?

Telegram bot — 1–3 hafta. Sayt — 2–3 hafta. CRM — 3–6 hafta. Mobil ilova — 6–12 hafta. Aniq muddat taklifda yoziladi va unga rioya qilamiz.

Men texnik odam emasman, uddalay olamanmi?

Ha. Biz texnik so'zlar bilan gapirmaymiz. Tayyor bo'lgach xodimlaringizni o'rgatamiz va qo'llanma beramiz. Matnlarni o'zgartirish uchun oddiy panel bo'ladi — Word bilan ishlash darajasida.

Kod kimniki bo'ladi?

Sizniki. Loyiha tugagach barcha kod, dizayn fayllari va kirish ma'lumotlari sizga topshiriladi. Istalgan vaqtda boshqa jamoaga o'tishingiz mumkin — hech narsa bizda qolib ketmaydi.

Ishga tushgandan keyin kim qo'llab-quvvatlaydi?

Biz. Birinchi oy bepul: xato chiqsa tuzatamiz, savol bo'lsa javob beramiz. Keyin xohlasangiz oylik qo'llab-quvvatlashga o'tasiz, xohlamasangiz — majburiy emas.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Odatda ikki yoki uch bosqichda: boshlashda, o'rtada va topshirishda. Shartnoma tuziladi. Oldindan hamma pulni so'ramaymiz.

Mavjud saytim/tizimim bor, uni yangilay olasizmi?

Ha. Avval mavjud tizimni ko'rib chiqamiz va nimani saqlab qolish, nimani qayta qurish kerakligini aytamiz. Ba'zan to'liq qayta qurishdan ko'ra tuzatish arzonroq tushadi — buni ochiq aytamiz.

Biznesingiz uchun nima mos kelishini bilmayapsizmi?

20 daqiqalik bepul suhbatda aytamiz. Sotmaymiz — avval tinglaymiz.

Bepul konsultatsiya

Loyihangiz haqida gaplashamiz

Raqamingizni qoldiring — 20 daqiqalik suhbatda biznesingizga nima mos kelishini aytamiz. Majburiyat yo'q.

Bepul konsultatsiya